Yuklanmoqda...
Asosiy qismga o‘tish

BOZÉ

Arxitektura, Interyer

Loyiha tafsilotlari


Sana:
30.06.2026

Xizmatlar:
Arxitektura, Interyer

Tavsif:

Loyiha turi - Shaxsiy rezidensiya
Maydoni - taxminan 1000 m²
Qavatlar - 2 qavat va yerto‘la qavati
Uslub - Zamonaviy O‘rta yer dengizi klassikasi
Fasad - tabiiy travertin
Joylashuv: Toshkent viloyati
Holati: qurilmoqda

Mijoz ortiqcha bezaksiz, nafis, lekin birinchi qarashdayoq hamma narsa qimmat va sifatli qilingani sezilib turadigan uy so‘radi. Bu muvozanatni biz Italiya va Ispaniya o‘rtasidan izladik. BOZÉda italyan villalaridan qat’iy simmetriya, karnizlar va bosh fasad proporsiyalari, ispan uylaridan esa baland ravoqlar, naqshli temir balkonlar va iliq janub nuri bor.

Asosiy material — tabiiy travertin. Kunduzi tosh och va osoyishta ko‘rinadi, kechqurun esa ravoqlar va kirish yonidagi yoritish uni iliq, deyarli asal rangida ko‘rsatadi. Kompozitsiya markazida parad eshigi ustidagi ikki qavat balandlikdagi romb naqshli ravoqli deraza turadi. Hovlida uy bo‘ylab cho‘zilgan hovuz, yopiq terrasa va xuddi shunday pardozlangan garaj bor.

SAYF BOZÉ loyihasini to‘liq sikl bo‘yicha olib bormoqda: arxitektura, qurilish ruxsatnomasi, muhandislik bo‘limlari, hozir esa interyer. Arxitektura loyihasi va fasadlarni taxminan uch oyda tayyorlab, 2026-yil iyunida yakunladik. Uy allaqachon qurilmoqda.